Kosagul
Kosagul-o’tirish, to’y, ziyofatda jo’ralarga choy va sharob quyib uzatuvchi kishi. Kosagul sharob quyib berishdan tashqari o’zining yoqimli muomalasi va shirinsuxanligi bilan jo’ralarni xursand qilishi, bazmga zavq va fayz kiritishi ham lozim bo’lgan.