AMINOSPIRTLAR
AMINOSPIRTLAR, aminoalkogollar, alkanolaminlar, gidroksilaminlar — tarkibida amino va oksiguruhlari bo’lgan alifatik birikmalar. Kuchsiz asos xossalariga ega bo’lgan moysimon suyuqliklar. Sanoatda Aminospirtlar enoksibirikmalarni ammiak yoki aminlar yordamida aminlash. Aminospirtlar etanolamin, kir yuvish vositalari — shampun va losonlar, emulgatorlar, kosmetik va dori preparatlar ishlab chiqarishda hamda kislotalarning gazlarini (masalan, SO2) yutuvchi modda sifatida ko’llaniladi. Ba’zi alkaloidlar, masalan, efedrin Aminospirtlar bo’lib, uning tarkibiga muhim gormon — adrenalin kiradi.