Tonga, tongaliklar

Tonga, tongaliklar — tonganing asosiy aholisi. 105 ming kishiga yaqin (1990-yillar o’rtalari). Shuningdek, Avstraliyada ham yashashadi. Polineziya guruhiga mansub tilda so’zlashadi. Dindorlari — xristianlar (asosan, metodistlar), bir qismi katoliklar. Tonga o’ziga xos madaniyatlarini saklab qolganlar. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik.