Omin

Omin (Arab., somiycha) — Islom, yahudiy va xristian dinlarida dindorlar o’rtasida «qabul etsin», «ijobat bo’lsin» ma’nosida ishlatiladigan so’z. Qur’oni Karimdagi Fotiha surasi tilovat qilib bo’lingach, o’qigan va eshitganlar «Omin»deb qo’yish lozimligi haqida hadisda aytilgan.