Oyatullo

Oyatullo-Islomnng shia mazhabida o’z muridlari, shogirdlari va maslakdoshlari bo’lgan, shuningdek, muayyan hududda yashovchi atoqli diniy arboblar orasida shuhrati ketgan diniy olimning diniy rutbadi. Shia an’analariga ko’ra, aqoid, ya’ni islom ilohiyoti, hadislar va musulmon huquqi sohasida mukammal ma’lumoti bo’lgan, taqvodorona hayot kechiradigan, islom ta’limotini va shariat normalarini mustaqil sharhlay oladigan diniy arbobgina oyatullo bo’la oladi. Odatda, oyatullo shialik an’analariga o’z qo’shimchalarini kiritgan asar muallifi bo’ladi. Eronda XX asrning 70-80-yillarida shahanshohga qarshi kurashda nom chiqargan diniy siyosiy arbob Oyatullo Humayni – Buyuk oyatullo hisoblanadi.