Rais

Rais-O’rta Osiyo xalqlarida XX asrning birinchi choragigacha mavjud bo’lgan mansab. Rais ba’zida boshqacha ibora bilan ham yuritilib, u muxtasiblik deb yuritilgan. Buxoro amirligida dindorlar rayosatida rais lavozimi qozikalondan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Raisning vazifasiga bozorlarning narx-navosi, torozi va arshinlarning to’g’riligini nazorat qilish, hisob-kitobini aniqlash, shahar atrofidagi aholining shariat qonun-qoidalariga qanday rioya qilayotganligini tekshirish, da’volarini eshitish, namozxonlar va qimorbozlarning sonini aniqlash va ular bilan ishlash, muazzinlarni vazifaga tayinlash, yo’llarni tuzatishlar kirar edi.