Farrosh

Farrosh-asl ma’nosi “gilam to’quvchi”. Podshohlar, xonlar, amirlar va feodal aslzodalar huzuridagi kichik saroy xizmatchisi hisoblangan. Uning zimmasiga mehmon kutish uchun zarur bo’lgan barcha anjomlarni hozirlash vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, vaqt o’tishi bilan unin ma’nosi ham kengayib borgan. Jumladan, so’nggi o’rta asrlarda Buxoro amirligida amir oshxonasining boshlig’i, bosh pasanda ma’nosida qo’llanilgan bo’lsa, Xiva xonligida saroy hovlilarini supuruvchi ma’nosida hamda O’rta Osiyodagi madrasa va machitlarda supurib-sidirib turuvchi, gilamlar va to’shaklarni to’shovchi xizmatkor ma’nosida ham qo’llanilgan.