Xo’ja

Xo’ja-tor ma’noda, asosan Yaqin va O’rta Sharq xalqlari o’rtasidagi feodal ijtimoiy tabaqa. Xo’jalar sayidlardan keyingi o’rinda turgan. Keng ma’noda feodal jamiyatdagi hukmron tabaqalar vakili. Xo’jalarning kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Ba’zi ma’lumotlarda xo’jalar dastlabki to’rt xalifa – Abu Bak, Umar, Usmon va Alidan tarqalgan deyilsa, boshqa manbalarda arablarning istilochilik yurishlarida boshchilik qilgan sarkardlarning nasli deb hisoblanadi. Xo’jalar islom oqsuyak tabaqasi sifatida ma’lumot imtiyozlarga ega bo’lganlar. Ular ko’p hollarda o’lim, tan jazosi, urushlarda qatnashish hamda soliq to’lashdan ozod etilganlar. Xo’jalar qizini fuqaroga berish man etilgan.