Eshon
Eshon-lug’aviy ma’nosi “ular, “u kishi” degani. Ulug’ avlodlarning va so’fiyik oqimidagi diniy rahnamolarning faxriy unvoni. Eshonlar musulmonlar jamoasining boshlig’i, murabbiysi, shuningdek darvishlarning ham diniy murabbiysi hisoblangan. Ismoiliylaar mazhabiga e’tiqod qiluvchi jamoa boshlig’i eshon deb atalgan. O’rta asrlarda so’fiylik oqimi rahnamolariga murojaat qilishda ularning ismlari o’rnida “eshon”, ba’zan “pir” so’zlari ishlatilgan.