O’tarchi
O’tarchi-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ular Dashti Qipchoq ko’chmanchi o’zbeklaridan iborat bo’lib, XV-XVI asrlarda Movarounnahrga kelib joylashgan. Farg’ona vodiysida, Buxoro va Samarqand viloyatlarida tarqoq holda yashab XVIII-XIX asrlar davomida mahalliy xalqlar tarkibiga singib o’z nomlarini unutib yuborganlar.