Qavchin

Qavchin-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Qavchinlar XIII asr o’rtalarida arlot, barlos, jaloyirlar bilan birga Mo’g’uliston hududidan Amudaryoning o’rta va yuqori oqimiga hamda Farg’ona vodiysiga ko’chib kelishgan. Qavchinlar asosan yarim o’troq holda yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Ular bir qancha urug’larga bo’lingan. Shulardan eng yiriklari beguzuv, balxi, ko’rpachuvish, bo’zchi, kashmiri, sulaymon, imom, bo’yin, tugal, po’la, sherali, tuyabo’yin kabilardir.