Qiyot

Qiyot-qadimgi turkiy qabilalardan biri. O’g’uzlar tarkibida bo’lgan. VIII-X asrlarda Dashti Qipchoqda yashab, ko’chmanchi chorvadorlik bilan shug’ullanganlar. O’g’uzlar davlati yemirilgach, XI asrda qiyot qabilalari ham bo’linib ketgan. Ularning katta qismi Turkmaniston hududiga siljib mahalliy aholiga, boshqa bir qismi esa Bolqon yarim orolidagi xalqlar tarkibiga singib ketgan. Dashti Qipchoq cho’llarida qolgan qismi keyinchalik o’zbek, qozoq, qoraqalpoq xalqlarining tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Qoraqalpoqlar tarkibidagi qiyotlar uchga bo’lingan (uchtamg’ali, taroqli, bolg’ali). Qashqadaryoning yuqori oqimi, Xorazm va Buxoro vohalari, shuningdek Zarafshonning o’rta oqimida yashovchi qiyotlar XIX asr oxirlarida qoraqalpoqlar tarkibiga kirgan. Qiyotlar XX asr boshlarida asosan o’troqlashib, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan.