G’aznaviylar
G’aznaviylar-X-XII asrlarda O’rta Sharqda mavjud bo’lgan feodal davlatning va uni boshqargan sulolaning nomi. G’aznaviylar davlatida turkiy sulola hukmronlik qilgan. Asoschisi – somoniylar lashkarboshisi Alptakin. U 962 yili qo’l ostidagi g’ulomlarga tayanib, G’azna viloyatida o’z hokimiyatini o’rnatdi. Sulola hukmdorlari: Alptakin (962), Sabuktakin (977-997), Ismoil (997-998), Mahmud G’aznaviy (998-1030), Muhammad (1030), Ma’sud I (1030-1041), Mavdid (1041-1048), Ma’sud II (1049), Ali Abulhasan (1049-1051), Abdurashid (1051-1099), Ma’sud III (1099-1115), Sherzod (1115-1116), Arslon (1116-1117), Bahromshoh (1117-1153), Xusravshoh (1153-1160), Xusrav Malik (1160-1186/87).