Anjuman

Anjuman (arabcha-yig’in)-1) keng doirada o’tkaziladigan majlis, yig’ilish, kengash; 2) bir davrda yashab, bir sohada faoliyat ko’rsatgan atoqli shaxslar guruhi, jamiyati; 3) bir xil kasbdagi hunarmandlarning biror maslahatli ish yuzasidan vaqti-vaqti bilan yig’ilishib o’tkaziladigan majlisi, shogirdlarni ishga o’tkazish yig’ini, marosimi, ziyofati.