Afina tarbiyasi

Afina tarbiyasi-miloddan avvalgi VII-V asrlarda Afinada shakllangan hamda qadimgi Gretsiyada qo’llanilgan tarbiya tizimi. Afina tarbiyasining maqsadi har tomonlama rivojlangan insonni shakllantirishdan iborat bo’lgan. U o’zida aqliy, estetik, nafosat, axloqiy va jismoniy tarbiyani mujassamlashtirgan. Nafosat tarbiyasi, asosan o’qish, yozish, musiqa, nutq madaniyati, falsafa, siyosatni o’rganish jarayonida amalga oshirilgan. Jismoniy tarbiya, asosan chopish, kurash, sakrash, nayza oyish kabi turlar bilan shug’ullanishni nazarda tutgan. Axloqiy tarbiyada, asosan intizomlilik, madrlik, o’zini tuta bilish, o’z qadrini bilish kabi xislatlar shakllantirilgan.