Grammatik maktab
Grammatik maktab-1) qadimgi Afinada 7-12 yoshdagi o’g’il bolalar uchun tashkil etilgan boshlang’ich maktab. Unda o’qish, yozish va hisoblash, harflarni qo’shib so’z yasash ko’nikmalari shakllantirilgan; 2) qadimgi Rim patritsiylar (qadimgi Rim dastlabki tub joy aholisi) farzandlari va chavandozlar uchun yuqori darajadagi boshlang’ich maktab. Unda grammatika, Rim adabiyoti va yunon tilidan ta’lim berilgan; 3) Buyuk Britaniya hududida oliy o’quv yurtiga kirish uchun tayyorlovchi o’rta umumta’lim maktablari. 4) Rossiyada XVII asrda ayrim monastirlarda yunon va lotin grammatikasi, qadimgi dunyo adabiyotini o’rganish uchun tashkil etilgan maktab.