Dotsent
Dotsent-oliy o’quv yurtlarining mustaqil kurs olib boruvchi, ilmiy tekshirish qiluvchi yuqori ixtisosli o’qituvchisiga beriladigan ilmiy unvon. Dotsent unvoni respublika oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari ilmiy (ilmiy-texnika) kengashlarining tavsiyasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan beriladi.