“Mahbub ul-Qulub”
“Mahbub ul-Qulub” (“Qalblar sevgilisi”)-Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy asari. 1501 yilda yozilgan. Asar o’zaro bog’liq 3 qismdan iborat. 1-qismi 40 fasl (bob)ni o’z ichiga oladi. Bunda muallif o’z davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq xislatlar tafsiloti berilgan. 3-qismga hkmatlar kiritilgan.