“Oila va jamiyat”
“Oila va jamiyat”-ijtimoiy gazeta. 1991 yil 1 sentabrdan Toshkent shahrida haftada 1 marta chiqadi. Muassislar: O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, “Sog’lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo’lmagan xalqaro xayriya jamg’armasi hamda O’zbekiston Bolalar jamg’armasi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ishlab chiqarish, tadbirkorlilik, qishloq xo’jaligi sohalarida o’rnak ko’rsatib kelayotgan xotin-qizlarning tajribalari, oilalarda tibbiy madaniyatni shakllantirish, sog’lom turmush tarzi targ’iboti, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish gazetada chop etilayotgan maqolalarning asosiy mavzulari hisoblanadi.