Xalq pedagogikasi

Xalq pedagogikasi-1) muayyan xalqning ta’lim-tarbiyasi, mazmuni uning maqsadi va vazifalari, shakl, vosita, usul va metodlarini o’zida mujassamlashtirgan pedagogika fanining alohida tarmog’i; 2) tarbiyaning maqsad va vazifalari borasida muayyan xalqning hayotiy tajribasi hamda turmush tarzida shakllangan amaliy qarashlar majmui; muayyan jamiyatda yashash uchun har biro dam amal qilishi shart sanalgan va urf-odat, udum, xulq-odob, marosim, an’ana, turmush tarsi, badiiy ijod, o’yin singari empirik vositalarda namoyon bo’ladigan amaliy faoliyat hamdir.