Abad

Abad (arabcha-so’nggi o’q, mangulik)-1) doimiy, ya’ni biron-bir harakatning uzluksiz davom etishi. Abad “abadiy”, “abadiylik”, “abadiyat”, “abado” kabi atamalar o’zagi. Ular “nihoyasi yo’q”, “cheksiz”, “cheksizlik”, “zavolsiz”, “adadsiz” kabi falsafiy, ilmiy tushuncha va ma’nolarni ifodalaydi. Abadning ziddi “azal”dir. Azal-eng avvalgi davr, ibtidosi bo’lmagan o’tgan zamon; 2) mangu (o’limsiz) hayot, abadiylik. Islom ta’limotiga ko’ra, “abadiylik” tushunchasi avvalo Allohga tegishlidir. Oxiratdagi jannat va do’zax ahli ham abadiylikka mansubdirlar.