Advokat

Advokat (lotincha-yordamga chaqirish)-oliy ma’lumotli huquqshunos-yurist, maslahat yoki advokatlar hay’atining a’zosi, sudda himoya qilish orqali malakali yuridik yordam ko’rsatuvchi. Advokat maslahatlar va yuridik masalalar bo’yicha tushuntirishlar beradi:

  • Qonunchilik bo’yicha og’zaki va yozma ma’lumot;
  • Huquqiy tavsifdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar tuzish;
  • Himoyachi; jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vochining, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida jinoiy ishlar bo’yicha sudda va dastlabki tergov jarayonida ishtirok etish;
  • Sudda, hakamlar sudida va boshqa davla idoralarida fuqarolik ishlari hamda ma’muriy qonunbuzarliklar bo’yicha ishlarda vakillikni amalga oshiradi. Vakil yoki himoyachi sifatida namoyon bo’lar ekan. Advokat quyidagilarga huquqli hisoblanadi;
  • Tegishli masalalarni hal etishga vakolatli bo’lgan barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlarida yuridik yordam so’rab murojaat etgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini yoqlaydi;
  • Yuridik yordam ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan zaruriy ma’lumotlar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni yuridik maslahat orqali davlat va jamoatchilik tashkilotlaridan talab qiladi, bu tashkilotlar belgilangan tartibda talab etilgan hujjatlarni yoki ularning nusxalarini berishga majburdir. Advokat o’z faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga og’ishmay va aniq amal qilishi, o’ziga yuridik yordam so’rab murojaat etgan fuqarola va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi, qonuncda ko’zda tutilgan vositalar va usullarning barchasidan foydalanish kerak. Advokatning, agar u muayyan ish bo’yicha manfaatlari ish olib borish haqida iltimos bilan murojat etgan, manfaatlariga zid bo’lgan shaxslarga yuridik yordam ko’rsatishi kerak bo’lsa yoki avval yordam ko’rsatgan bo’lsa yoxud sudya, prokuror, tergovchi, iqrorlantirishni amalga oshirgan shaxs, ekspert, mutaxassis, tarjimon, guvoh, shuningdek, ishni tekshirish yoki ko’rib chiqishda Advokat bilan qarindoshlik munosabatidagi lavozimdor shaxs qatnashadigan hollarda yuridik yordam ko’rsatish haqidagi topshiriqni olishga haqi yo’q. Advokatning yuridik yordam ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan, o’ziga ishonuvchi ma’lum qilgan ma’lumotni, ya’ni, kasbiy sirni oshkor qilishga haqi yo’q. Advokat ma’naviy jihatdan pok va xulq-atvori bilan yuksak darajada bo’lishi lozim, o’z bilimini hamda faoliyat malakasini muntazam ravishda takomillashtirib borishga majburdir. O’zbekiston Respublikasining “Advokatura to’g’risida” dagi qonunida (1996 yil 27 dekabr) advokatning maqomi belgilab qo’yilgan: oliy ma’lumotga ega bo’lgan va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olgan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi…

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek, sudlanganligi olib tashlangan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilmaydi.