Ballista

Ballista (lotincha ballista, yunoncha ballo-irg’itaman so’zidan)-qadimda (V asrgacha) keng qo’llanilgan irg’ituvchi qurol; novli yotiq dastgoh va eshilgan kamalak ipidan tashkil topgan qurilma. Ballista yordamida tosh, g’o’la, paykon va boshqalar otilgan. Yunonlardan bunday qurollar palintononam deb atalgan. Katapultalar dunmanning jonli kuchini yo’q qilish uchun qo’llanilgan bo’lsa, Ballistalar, avvalo, mudofaa istehkomlarini vayron etish vazifasini o’tagan.