Bali
Bali (fransuzcha bailli)-1) o’rta asrlar Fransiyasining shimoliy qismi qirollik amaldori, sud-boshqaruv okrugi (balyaj) boshlig’i. Bali lavozimi XIII asrda qirol Filipp-Avgust tomonidan joriy etilgan, u qirol domenini balyajlarga bo’lgandi. Bali mansabi Buyuk fransuz inqilobi davrida tugatilgan. Janubiy Fransiyada xuddi shunday vazifalarni senashal bajargan; 2) Malta ordenida Bali mansabi buyuk priordan keyingi o’rinda turgan zobitni anglatgan; 3) Shvetsariyada Bali sudlov okrugi boshlig’i vazifasini o’tagan, uning qo’lida ijro hokimiyati ham to’plangan.