Banalitet

Banalitet (fransuzcha banalite, banal-senorga tegishli)-G’arbiy Yevropada senorning jamoat ahamiyatiga ega mol-mulkka (masalan, tegirmon) bo’lgan monopol huquqi. Undan foydalanganlari uchun dehqonlardan og’ir soliqlar undirib olingan. Banalitetni buzganlik uchun senor dehqonlardan jarima talab etgan yoki ularning mahsulotini musodara qilgan. Banalitet eng taraqqiy topgan davlat Fransiya edi, u yerda mazkur tizim X asrdan amalda bo’lgan.