Bordon
Bordon (turkcha)-po’sti tozalanmagan qamishdan bo’yraga o’xshatib to’qiladigan qurilish materiali (to’shama). Imoratlar qurishda vassa, toqi ustidan solinadi. Ilgari Bordondan boshqa maqsadlarda ham foydalanilgan (masalan, tuproq va zaxdan saqlanish uchun supa ustig solinadigan namat, gilam, palos tagiga to’shalgan, hovli-joy atrofini devor qilib o’rash uchun ishlatilgan va boshqalar). Hozir ham yakka uy-joylar, bostirmalar qurishda Bordondan foydalaniladi.