Varvar haqiqatlari
Varvar haqiqatlari (lotincha Leges barbarorum-varvar qonunlari)-german qabilalarining urf-odat huquqlari bitiklari. O’ziga xos sudnoma vazifasini o’tagan, ya’ni u yoki bu jinoyatlarga jaraimalar va boshqa jazolar tasnifidan iborat bo’lgan. Varvar haqiqatlari ichida eng qadimgisi “Vestgot haqiqati” (V asr 2-yarmi) hisoblanadi. V asr oxiri-VI asr boshida “Burgund haqiqati”, VI asrda “Sali haqiqati” va “Ripuar haqiqati” va “Aleman haqiqati”, VIII asr oxiri-IX asr boshida “Sakson haqiqati”, “Tyuring haqiqati” va “Friz haqiqati” tuzilgan. Varvar haqiqatlari german qabilalarining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayoti haqida ko’plab qimmatli ma’lumotlar beradi.