General shtatlar
General shtatlar (fransuzcha Etats Generaux, gollandcha Staten-Generaal)-1) Fransiyada 1302-1789 yillarda oliy toifaviy-vakillik organi. Ruhoniylar, zodagonlar va 3-tabaqa vakillaridan tarkib topgan. Qirollar tomonidan, asosan, ulardan soliqlarni yig’ishga rozilik olish maqsadida chaqirilgan. 1789 yili 3-tabaqa vakillari o’zlarini Millat majlisi deb e’lon qilgan; 2) Niderlandiyada 1463 yildan beri toifaviy-vakillik organi.