Geosiyosat, Geografik siyosat

Geosiyosat, Geografik siyosat (yunoncha geo-yer va siyosat)-siyosatshunoslikdagi nazariya. Geosiyosat termini muayyan bir mamlakat o’rni, tabiiy boyliklari, iqlimi va boshqa geografik omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va hokazolarga) muayyan ta’sirini ifodalash uchun ishlatiladi. Geosiyosat tushunchasini birinchi bor R.Chellen (Shvetsiya) ilmiy muomalaga kiritilgan. Geosiyosat nazariyasi XIX asr oxiri-XX asr boshlarida F.Ratsel (Germaniya), A.Mexen (AQSh), X.Makkinder (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan. G.Kissinjer, Z.Bjezinskiy (AQSh) va boshqalar tomonidan hozirgi dunyodagi siyosiy jarayonlarga tatbiqan rivojlantirilgan. Geosiyosatga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) bilan uning ichki va tashqi siyosati o’rtasidagi uyg’unlik printsipi asos qilib olinadi.