Germes

Germes-yunon mifologiyasida dastlab chorvador va cho’ponlar xudosi, poda va yaylovlar homiysi. Zevs va Mayaning o’g’li. Keyinchalik yo’l, yo’lovchilar, savdogarlar va savdo homiysi, o’lchovlar, sonlar va lira (musiqa asbobi) ixtirochisi sifatida sig’inilgan. Germes Olimp xudolarining xabarchisi, marhumlarning jonini aid (yer osti saltanati, do’zax)ga o’tkazuvchi hisoblangan. Ko’pincha patli shipak kiyib olgan yigitcha ko’rinishida tasvirlangan. Qadimgi Rim mifologiyasidagi Merkuriyga to’g’ri keladi.