Grosh

Grosh (polshacha grosz, nemischa Groschen, lotincha denarius grossus-og’ir tanga so’zidan)-turli mamlakatlarda turli davlatlarda zarb etilgan tanga. 1172 yili Genuyada 1,46 grammlik kumushdan so’qilgan. Keyinchalik Grosh Florentsiyada (1182), Kremonda, Paduyada, Milanda, Piza va Venetsiyada paydo bo’lgan. 1266 yili Fransiyada-Tur shahrida 4,22 grammlik Gros muomalaga chiqarilgan. So’ngra Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham (Chexiya, Angliya, Germaniya, Rossiya va hokazolar) keng tarqalgan.