Olimjon Xoldor (1932)
Shoir Olimjon Xoldor 1932 yil 18 sentyabrda Andijon viloyati Buloqboshi tumanining Kulla qishlog‘ida tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tugatgan. Maktabda o‘qituvchi, Andijon radiosida muharrir, «Kommunist» va «Yosh leninchi» gazetalarining muxbiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon bo‘limi rahbari (1968-1983), «Andijonnoma» gazetasida ishlagan.
Birinchi she’rlar kitobi «Armug‘on tagida» nomi bilan 1965 yilda ustoz Mirtemir tahriri ostida chop etildi. «Andijon suluvi» (1968), «Kaftimdagi tuproq» (1970), «Oshiqona» (1972), «Andijon bahori» (1976), «Subhidam qo‘shiqlari» (1977), «Kumush kosa» (1979), «To‘yona-to‘yona» (1982), «Er farzandi» (1986), «Senga intilaman» (1986), «Davrani kengroq oling» (1990), «Ko‘ngil», «Ko‘z tegmasin» (1992) singari to‘plamlari nashr etilgan. Shuningdek, u «Men—Andijonman», «Andijon samosi», «Kelajakdan bir sado», «Subhidam qo‘shiqlari», «Roz» kabi liro-epik asarlar ham yaratgan.
Shoir dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib «Qotil kim?», «Sevgi afsonasi» kabi dramalar yaratgan.
Olimjon Xoldor «Ko‘ngil» qissasi, «Arosat» va «Mirkomilboy» romanlari muallifi.