Jarid, Jerid, Jid
Jarid, Jerid, Jid (turkcha-mo’g’ulcha)-qamish nayza turi. Turk-mo’g’ul xalqlarida, shuningdek, arablarda muomalada bo’lgan. Mo’g’ullar orqali ruslarga o’tgan. O’rta Osiyo xalqlarida harbiy mashq paytida jangchi yigitlarning bir-biriga uloqtiradigan qamish poyasi ham ba’zan Jarid deb atalgan.