Jizya
Jizya (arabcha-jon solig’i)-dastlab Arab xalifaligida; keyinchalik boshqa musulmon davlatlari (jumladan, O’rta Osiyo)da musulmon bo’lmagan fuqarolardan olingan jon solig’i. Davlat musulmon bo’lmagan fuqarolarning haq-huquqlrini himoya qilishi, ularni tashqi va ichki tajovuzlardan saqlashi lozim edi. Shuning evaziga ulardan Jizya undirilgan. Jizya balog’atga yetganlarga solingan (qariyalar, ayollar, bolalar, qullar va ishga yaroqsizlar undan ozod qilingan). Jizya, asosan, pul va natura tarzida undirilgan.