Zarbxona

Zarbxona-tangalar zarb qilish, orden, medallar, ko’krak nishonlari va boshqa davlat unvon belgilari, shuningdek, zarhallash, kumushlash va zargarlik sirlash usullari bilan metaldan o’yma va bosma mahsulotlar tayyorlaydigan davlat korxonasi. Eng qadimgi Zarbxonalar miloddan avvalgi Yunonistonda va RImda tashkil etilgandi. Dastlabki tangalar metallning oddiy kichik bo’ladigan iborat bo’lgan. Keyinchalik rasmli va yozuvli tangalar zarb qilina boshlagan. Masalan, Eron shohi Doro I 8,4 gramm og’irlikdagi oltin tangalar zarb ettirgan. O’rta Osiyoda davlat pullari zarb etadigan Zarbxona VIII-X asrlarda paydo bo’lgan. Amir Temur hukmronigi davrida Samarqanddagi zarbxona Temuriylar davlati uchun tanga pullar zarb etgan. XIX asrning 40-yillarida Xiva, Buxoro, Qo’qon xonliklaridagi Zarbxonalarda aversi (o’ng tomoni)da hukmdor nomi va zarb qilingan yili, reversi (tersi)da zarb qilingan shahri yozilgan oltindan tilla, kumushdan tanga, misdan pul deb ataladigan pullar (masalan, Buxoroda 1 tilla=21 tanga=44 pul) zarb qilingan.