Igumen

Igumen (yunoncha hegumenos-ayni ma’nosi oldinda boruvchi, yo’lboshchi)-yetakchi, nozir; xristian dinining eng katta mazhabi bo’lgan pravoslav monastiri noziri. Dastlab Igumen ruhoniy bo’lishi shart emasdi, keyinchalik faqat iyeromonaxlar (ruhoniy rutbasiga ega monaxlar)dan tanlab olingan. 1764 yilgi Yekaterina II tomonidan o’tkazilgan sekulyarizatsiya islohotidan keyin rus monastirlari uch sinf bo’yicha tasnislangan; uchinchi darajali, quyi monastir boshlig’i Igumen deb atala boshladi.