Ikona

Ikona (yunoncha eikon-tasvir, obraz)-xristian diniga mansub dindorlar sajda qiladigan, cho’qinadigan Iso, Bibi Maryam va avliyolarning rangtasvir yoki bo’rtma tasviri. Diniy Ikonaning eng qadimgisi II asrga mansub, IV asrda taraqqiy etgan. Tor ma’noda o’rta asrlar san’atining o’ziga xos asari. O’rta asrlarda Yevropa tasviriy san’atining asosiy turi sifatida ahamiyat kasb etgan. Ikona tayyorlanadigan markazlar vujudga kelgan, bu markazlarda rassomlarning artel, tsexlari shakllangan. Ikona cherkovlarning ta’siri va moddiy mavqeini ta’minlovchi muhim manbalardan bo’lgan.