Imperiya

Imperiya (lotincha imperium-hokimiyat)-1) imperator boshqargan monarxiya davlatining nomi; ba’zi qadimgi zamon (Rim Imperiyasi), o’rta asr (“Muqaddas Rim Imperiyasi”) yirik monarxiya davlatlari ham Imperiya deb atalgan. Podsho Rossiyasi Pyotr I davri (1721) dan Romanovlar hokimiyati ag’darilguniga qadar (1917), Fransiya Napoleon I (1-imperiya) va Napoleon III (2-imperiya) davrida, Avstriya 1804-1914 yillarda (1868 yildan Avstriya-Vengriya), Germaniya (1871 yildan 1918 yil inqilobiga qadar) Imperiya bo’lgan; 2) mustamlakalari bo’lgan yirik davlatlar. Masalan, Buyuk Britaniya dominion va mustamlakalari bilan birga Britaniya Imperiyasini tashkil etgan.