Kaylaja
Kaylaja-qadimgi hajm o’lchov birligi; ishlatish davri hamda joyiga qarab qiymati har xil bo’lgan. X asrdan Eronda, O’rta Osiyoning ba’zi joylari va boshqa mamlakatlarda qo’llanilgan. 1 Kaylaja 1,875 kilogramm bug’doyga yoki 2,5 litrga teng bo’lgan. Sharqiy Eronda 1 Kaylaja 1523,4 gramm bug’doyga yoki 2 litrga, Ozarbayjonda 1 Kaylaja 1,354 kilogramm bug’doyga yoki 1,75 litrga, Falastinda 1 Kaylaja 6,3 litrga teng edi. Abu Ali ibn Sinoning ma’lumotiga ko’ra, 1 Kaylaja 1275 gramm narsa sig’adigan o’lchov idishi bo’lgan, agar shu narsani bug’doy deyilsa, u holda 1 Kaylajaning hajmi taxminan 1,65-1,75 litrga to’g’ri keladi.