Kapellan
Kapellan (kechki lotincha Capellanus)-katolik, pravoslav cherkovlarida, protestant tashkilotlar va boshqa bir qator diniy xizmatchini anglatuvchi atama. Umuman Kapellan qandaydir qo’shimcha lavozimni (odatda, dunyoviy) birgalikda olib boruvchi ruhoniy sanaladi: 1) katoliklarda Kapellan o’rta asrlarda (ilk bor 741 yili tilga olingan)-to XVII asrgacha kichik butxona (kapelle) yoki uy cherkovlari ruhoniysi; 2) qo’shinda xizmat qiluvchi ruhoniy, polk yoki batalon komandiri o’rinbosariga tenglashtirilgan, shaxsiy qo’riqchi (ad’yutant) bilan ta’minlangan. Oddiy askarlar, matroslar va ularning oilalari tarbiyasiga javobgar edi; 3) qavm ruhoniysi (vikariy) yordamchisi; 4) politsiya, yong’in xavfsizligi bo’limi, kasalxona, gospital va boshqa jamoat muassasalarida ruhoniy; 5) protestantlarda, ozodlikdan mahrum etish joylarida mahbuslarga xizmat qiluvchi ruhoniy.