Karavella
Karavella (italyancha caravella)-O’rta yer dengizi havzasi mamlakatlarida XIII-XVII asrlarda keng tarqalgan bir palubali va tumshuq hamda quyruq qismlarida yelkanlari bo’lgan (3-4 machtali) kema. Yelkanining shakliga qarab 2 xil Karavellani farqlashadi: Karavella-patina-barcha machtalarida qiyshiq yelkanli, Karavella-redonda-fok va grot-machtalarida to’g’ri yelkanlar, bizan-machtada qiyshiq yelkan. Odatda, Karavellaning uzunligi 15-35 metr, kengligi 4-9 metr, suv sig’imi 50-80 tonna (ba’zan 200 tonnagacha) bo’lgan. Kolumb Karavellada Atlantika okeanini kesib o’tgan, Vasko da Gama esa Yevropadan Hindistongacha suzib borgan.