Saydi Umirov (1938-2020)
Adabiyotshunos olim, munaqqid, O‘zbekiston yozuvchilar, jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” mukofoti sovrindori Saydi Umirov 1938 yil 10 fevralda Samarqand viloyati Payariq tumani Jo‘raboy qishlog‘ida tug‘ilgan.
U Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Saydi Umirov atoqli adib A.Qahhor ijodi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Munaqqidning ilk kitobi 1974 yili “San’atning sehrli kaliti” nomi bilan chop etilgan. Kitob yozuvchi Abdulla Qahhorning mahoratiga bag‘ishlangan. Keyinchalik “Milliy madaniyatlar rivojida tanqidchilikning roli“, “BAM haqida hikoya”, “Da’vatkor so‘z”, “Sollanib oqayotgan daryo”, “Tolibnoma”, “Ziyobaxsh umr sahifalari”, “Dorilfununlar taqdirimda”, “Ma’naviyat mulkiga sayohat” kabi risola va kitoblari nashr etilgan.
Saydi Umirov 2020 yil 14 noyabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan.