Kogorta
Kogorta (lotincha cohors)-Qadimgi Rim qo’shinida asosiy taktik bo’linmalardan biri. Miloddan avvalgi II asrdan legionda 10 ta Kogorta bo’lgan. 3-Puni urushi davrida Kogorta 2 ta manipuladan tashkil topgan. Avgust davrida avvalgi 10 ta Kogortali tartib saqlanib qolgan, lekin Kogorta tarkibida 555 nafar piyoda jangchi va 66 nafar suvoriy kirgan. Kogorta jangchilari kogortalis (cohortalis) den nomlangan. Har bir legionning 1- Kogortasi katta mavqega ega edi: unda katta senturion va bayroq joylashgan.