Konkubinat
Konkubinat (lotincha concubinatus, con-birga, cubo-yotaman, birga turaman), Yostiqdoshlik-Qadimgi Rim huquqida erkak va ayolning, to’laqonli nikohdan farqli o’laroq, nikoh munosabatlarini o’rnatish maqsadida birga yashashi. O’ziga xos jihatlarga ega edi, masalan, Konkubinatdan tug’ilgan bolalar cheklangan meros huquqiga ega bo’lgan. O.Avgustning miloddan avvalgi 18 yilgi nikoh haqidagi qat’iy qonunlaridan so’ng keng qo’llanilgan. Printsipat davrida Konkubinat tushunchasi er-xotinlikni tasdiqlash mumkin bo’lmagan barcha holatlarga (masalan, ijtimoiy notenglik bois) nisbatan qo’llanilgan. O’rta asrlar davlatlarida Konkubinat ikkinchi darajali nikoh sifatida qaror topdi. Vizantiyada IX asrda, G’arbiy Yevropada XII asrda bekor qilingan.