Konklav

Konklav (lotincha conclave-berk xona)-Rim papasini saylash maqsadida chaqiriladigan kardinallar yig’ini (1274 yildan), shuningdek, yig’in o’tkaziladigan bino. Yig’in tashqi dunyodan butkul ajratib qo’yilgan binoda o’tadi. Konklav o’tkazish tartibi XIII asrda papa Grigoriy X tomonidan belgilangan. Keyingi papalar bu tartibga juz’iy aniqlik va tuzatishlar kiritgan. Papa saylash uchun qatnashchilarning 2/3 qismi va yana qo’shimcha bir ovoz berilishi talab qilinadi. Konklav qatnashchilari soi 120 dan oshmasligi kerak.