Kopigold
Kopigold (inglizcha copyhold, copy-nusxa, hold-mulk)-Angliyada XV-XVII asrlarda qaram dehqonlar yer egaligining asosiy shakli (ko’pincha umrbod bo’lgan). Kopigold huquqi manor sudi qarorining nusxasi bilan tasdiqlangan. Kopigolderlar sudda himoyalanish, chek yerga xo’jayinlik qilish huquqiga ega bo’lishmagan, lord foydasiga ma’lum bir majburiyatlarni o’tashgan. Kopigold villanlarning krepostnoy qaramlikdan qutulishi jarayonini aks ettirardi.