Kromanonlar
Kromanonlar (fransuzcha home de Cro-Magnon-Kromanon odami)-so’nggi paleolit davri hozirgi (neoantrollar) ko’rinishda bo’lgan qazilma odamlarining umumlashma nomi. Dunyoning barcha qismida Kromanonlarga oid suyak qoldiqlari topilgan. Kromanonlarning yuz tuzilishi hozirgi zamon odamiga o’xshaydi. Ular taxminan 40 ming yil muqaddam paydo bo’lishgan. Kromanonlar bosh miyasi hajmi 1400-1900 santimetr2, bo’yi 180 santimetr atrofida va undan yuqori. Nomi Fransiya (Akvitaniya)dagi Kro-Manon g’oridan olingan, 1868 yili u yerda Kromanonlar skeleti va so’nggi paleolitga oid tosh qurollar topilgandi.