Nayza

Nayza (amaliy san’atda)-naqsh turi; naqqoshlikda uchi o’tkir ov va jang quroli (nayza)ning uslublashtirilgan shakli takrorlanishidan hosil bo’ladi. Sopol va metall buyumlar bezak mujassamotida keng qo’llanadi, hoshiya naqshlar orasiga ishlanadi. Nayza barg (o’simlik bargiga o’xshash). Nayza bo’yin (osti bo’g’im-bo’g’im Nayza shaklida). Nayza gul (o’rtada tik chiziq, yuqori va quyida ikki tomonga qarata chiqarilgan shoxlari, yonlarida novdalari bo’ladigan), Nayza madoxil (tut daraxtining qaychi bargli kabi uchli) kabi xillari bor.