Nasx
Nasx (arabcha-bekor qilish)-Qur’on oyatlaridan ayrim qiroati va yozuvini o’zgarishsiz saqlagan holda ularni faqat amaldan qoldirish, tatbiq etmaslik. Shu kabi yat “mansux” (bekor qilinuvchi), uni bekor qiluvchi oyat “nosix” deb ataladi. Islom tarixiga ko’ra, Qur’on oyatlari yaxlit emas, balki vaqti-vaqti bilan, zarurat va ehtiyojga ko’ra 23 yil mobaynida nozil qilingan. Bu asnoda shariatning ayrim hukmlari oyat va hadislar ko’rsatmasi bilan yangilanib turgan. Shuning uchun ba’zi oyatlar mazmuni bir-biriga zid tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi biri keyin nozil qilingan bo’lsa, o’shanisi nosix, oldin nozil qilingani esa mansux sanaladi.