Natsionalizatsiya

Natsionalizatsiya (lotincha natio-millat, xalq so’zidan)-yer, sanoat, transport, aloqa, banklar va hokazolarning xususiy mulkdan davlat mulkiga o’tishi. Natsionalizatsiya xarakteri mamlakatda mavjud bo’lgan ijtimoiy tuzum bilan belgilanadi. Kapitalizm sharoitida, odatda, yetarli darajada daromadli bo’lmagan yoki hatto zarar keltiradigan korxonalar, ishlab chiqarish tarmoqlari Natsionalizatsiya qilinadi. Korxona egalari kompensatsiya to’lanadi.